Angliya superkubogi uchun o‘tkazilgan bellashuvda londonliklar iroda namoyish etib, “Man Siti”ni mag‘lub etishdi
"Arsenal" Angliya Superkubogi uchun "Manchester Siti"ni mag'lub etdi.
“Uembli”dagi uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. “Manchester Siti”da to‘pni ikkinchi bo‘limda Erling Xoland o‘rniga maydonga tushgan 21 yoshli Koul Palmer 77-daqiqada kiritdi.
London klubi o‘yinga qo‘shib berilgan 11-daqiqadayoq qaytdi – Leandro Trossard gol urdi.
Penaltilar seriyasida “Arsenal” futbolchilari aniqroq harakat qilishdi – 4:1. Kevin de Bryuyne va Rodri “Manchester Siti”ga gol ura olmadi. Fabio Vieyra "Arsenal"ga g'alaba keltirgan zarbani aniq amalga oshirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82411 | Инструменты