“Barselona” De Yongga jamoada qolishi uchun yangi shart qo'ydi
Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Kataloniya klubidan ketmasligi uchun maoshining keskin qisqarishiga rozi bo'lishi kerak.
Nufuzli “AS” nashrining xabar berishicha, “ko'k-anorranglilar” yangi kelgan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelishmoqda va shu tufayli yirik maoshli futbolchilarni jamoadan yo ketqizish yoki ularning maoshini tushirish kerak, deb hisoblayapti. Bosh murabbiy Xavi De Yong bilan bir necha marotaba suhbatlashib, vaziyatni tushuntirganiga qaramay, Frenki jamoadan ketmoqchi emas. Bunday vaziyatda yagona yechim uning maoshi qisqarishi hisoblanadi.
Ta'kidlanishicha, hozirda Frenki soliqlardan tashqari yiligda 12 mln yevro maosh oladi. U “Barselona”ning yangi shartiga ko'ra, yiliga 7 mln yevrolik maoshga ko'nishi lozim. Bu esa uning maoshining qariyb 2 baravar qisqarishi deganidir.
Hozircha, futbolchining agenti bu qarorga qarshilik bildirmoqda. Futbolchining o'zi esa jamoada qolish uchun barcha shartlarni bajarishga tayyor. Unga ayni damda “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va hatto “Bavariya” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10910 | Инструменты