“Barselona” va “Atletiko” Grizmann transferi bo'yicha yakuniy qarorga kelishdi
Huquqiy jihatdan Ispaniyaning “Barselona” klubiga tegishli boʻlgan Antuan Grizmann “Atletiko”dagi ijara muddatidan keyin ham Madridda qoladigan boʻldi.
“Marca” nashri xabariga koʻra, Madrid va Kataloniya klubi 31 yoshli hujumchini 20+2 million yevroga sotib olish boʻyicha kelishuvga erishgan. “Barsa” “Atletiko” rahbariyatining taklifini qabul qilishga majbur boʻlgan. Aks holda Antuan mavsum yakunida Xavi jamoasiga qaytar edi. Mutaxassis esa fransuzni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi emas.
Madridliklar Antuanni 40 million yevroga sotib olish majburiyatidan boʻyin tovlash uchun hujumchini zaxirada qoldirayotgan edilar. Bosh murabbiy Diyego Simeone endi Grizmanni faqat 60-daqiqadan keyin maydonga tushirish odatidan voz kechishi mumkin.
Avvalroq, “Atletiko” muxlislarining “Real”ga qarshi o'yin oldidan Vinisiusni haqorat qilishgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121708 | Инструменты