Huawei 1
“Bavariya” futbolchisi faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga yaqin

Germaniyaning “Bavariya” klubi himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini Londonning “Chelsi” jamoasida davom ettirishi mumkin.

Jyul Kunde “Barselona”ga koʻchib oʻtgach, “koʻklar”ning himoya pozitsiyasi uchun nomzodlar roʻyxatida PSJdan Presnel Kimpembe, “Lester”dan Uesli Fofana va myunxenliklarning fransiyalik futbolchisi qolgan.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning soʻzlariga koʻra, 26 yoshli himoyachi jiddiy taklif tushsa, “Chelsi”ga oʻtishga tayyor. Shuningdek, myunxenliklar ham uning ketishiga jiddiy qarshilik ko'rsatishmaydi.

Ma’lumot uchun, Pavar oʻtgan mavsum Bundesligada 25 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga