Keyingi bahs “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi darvozaboni David de Xea klub safida “quruq oʻyin”lar soni boʻyicha Peter Shmeyxelning rekordini takrorladi.
“Manchester Yunayted” APLning 23-turida “Lids”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. De Xea esa “mankunianlar” safida barcha musobaqalar doirasida 178-bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ispaniyalik 32 yoshli posbon bu borada daniyalik afsonaga yetib oldi.
16-fevral kuni MYU Yevropa Ligasi 1/16 finalida “Barselona” bilan mehmonda oʻynaydi. Agar David boʻlajak bahsda ham toʻp oʻtkazmasa, rekordni yangilaydi.
Shuningdek, “Lids”ga qarshi bellashuv De Xea uchun Premyer-ligadagi 400-oʻyin boʻldi va u bu koʻrsatkichga erishgan eng yosh darvozabonga aylandi. Shuningdek, u bu natijaga erishgan angliyalik bo‘lmagan futbolchilar orasida birinchisi bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты