Eldor Shomurodov “Atletik”ka qarshi bahsda gʻalaba golini kiritishga erishdi

Yevropa Ligasida 1/8 finalning birinchi o‘yinlari yakunlandi. 

“Roma” o‘z maydonida “Atletik”ni qabul qilib, kambek amalga oshirdi. O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, 90+4-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. 

Rimning boshqa bir klubi “Latsio” ham dramatik g‘alabaga erishdi — jamoa Chexiyada 9 kishi qolib, 90+8-daqiqada gol urdi. 

Shuningdek, “Ayaks” Amsterdamda “Ayntraxt”ga yutqazib qo‘ydi, “Olimpiakos” Norvegiyada javobsiz 3 ta gol qabul qilib oldi

Javob bahslari 13 mart kuni o‘tkaziladi. 

Yevropa Ligasi. 1/8 final

Birinchi o‘yinlar. 6 mart

Roma — Atletik 2:1

Gollar: Anxelino (56), Shomurodov (90+4) — I.Uilyams (50). 

Roma — Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rench (Salemakers, 60), Pisilli (Kone, 77), Kristante, Anxelino, Dibala (Sule, 71), Baldanzi (El Shaaravi, 60), Dovbik (Shomurodov, 71). 

Atletik — Agirresabala, De Markos, Vivian, Alvares, Berchiche, de Galarreta, Xauregisar (Prados, 64), Niko Uilyams (Berenger, 77), Gomes (Vesga, 77), Inyaki Uilyams, Sannadi (Guruseta, 64). 

Ogohlantirishlar: Alvares (14), Xauregisar (34), Sannadi (39), Shomurodov (72). 

Chetlatish: Alvares (86). 

Ayaks — Ayntraxt 1:2

Gollar: Brobbi (10) — Larsson (28), Sxiri (70). 

Ayaks — Pasver (Gorter, 24), Gai, Sutalo, Baas, Hato, Mokio (Fits-Jim, 71), Henderson, Teylor (Konadu, 71), Traore, Brobbi (Bergeys, 63), Godts (Edvardsen, 63). 

Ayntraxt — Trapp, Kristensen, Kollinz, Tuta, Teate, Knauff (Fares, 81), Larsson, Sxiri, Gyotse (Uzun, 90), Ekitik (Vai, 81), Bahoya (Braun, 73). 

Ogohlantirishlar: Sxiri (34), Kollinz (38), Traore (68), Henderson (90). 

Viktoriya Plzen — Latsio 1:2

Gollar: Durosinmi (53) — Romanioli (18), Isaksen (90+8). 

Viktoriya Plzen — Yedlichka, Dveh, Markovich, Yemelka, Memich (Kopis, 84), Cherv, Kalvax, Kadu, Vidra, Shuls, Durosinmi (Adu,  85). 

Latsio — Provedel, Tavaresh (Lassari, 55), Romanioli, Jigo, Marushich, Genduzi, Rovella, Isaksen, Pedro (Vesino, 62), Noslin (Chauna, 62), Dia (Patrik,  82). 

Ogohlantirishlar: Kalvax (61), Vesino (63), Kadu (71), Cherv (75), Patrik (84). 

Chetlatishlar: Rovella (77), Jigo (90+3). 

Bude-Glimt — Olimpiakos 3:0

Gollar: Solakis (13, avtogol), Hog (45, 55).

Bude-Glimt — Xaykin, Sovold, Gundersen, Byortuft, Byorkan, Eviyen (Oklend, 73, Berg, Fet (Saltnes, 22), Blomberg (Maatta, 73), Hauge (Syorli, 90+3), Hog (Helmersen, 73). 

Olimpiakos — Solakis, Rodiney, Byankon, Karmu (Retsos, 81), Ortega (Oniyemazchi, 81), Hezze, Muzakitis (Koshtinya, 59), Martinsh, Shikinyu, Palma (Velde, 74), Yaremchuk (Kostulas,  59). 

Ogohlantirish: Byankon (12).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120717 | Инструменты