Huawei 1
Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga Fransiyaning “Renn” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Shomurodovga “Renn” klubidan qiziqish bor. Klub sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hujumchi borasida rimliklarga so‘rov yuborgan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsum “Roma” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Transfermarkt”dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты