Huawei 1
Endrik "Real" tarixiga kirdi

Endrik "Real Madrid"ning Chempionlar Ligasida gol urgan eng yosh futbolchisi bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi "Shtutgart" bilan o‘yinda (3:1) 2-taymga qo‘shib berilgan 5-daqiqada gol urdi. Endrik buni 18 yosh 58 kunligida amalga oshirdi.

Avvalgi rekord Raulga tegishli edi. 1995-yilning oktabr oyida u 18 yosh 113 kunligida "Ferensvarosh"ga qarshi bahsda "Real" safida xet-trik qayd etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92012 | Инструменты