Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) boshqaruv kengashi 2026-yilgi jahon chempionati formatini tasdiqladi. Bu haqda seshanba kuni FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yilda FIFA 2026-yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etishini eʼlon qilgan edi. Turnirning guruh bosqichi 72 ta o‘yindan iborat bo‘ladi – jamoalar har biri to‘rtta jamoadan iborat 12 ta guruhga bo‘linadi, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ikkita jamoa va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sakkizta eng yaxshi jamoa kvartetlardan chiqadi.
Guruh bosqichidan so'ng jamoalar 1/16 final bosqichida o'ynaydi. Turnir jami 104 ta uchrashuvdan iborat bo'ladi.
Ilgari jahon chempionatlarida 32 ta jamoa qatnashgan, turnir 64 ta uchrashuvdan iborat bo’lgan.
Turnir 56 kun davom etadi. Final uchrashuvi 2026-yilning 19-iyuliga belgilangan. 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor uchta davlatda: Kanada, AQSh va Meksikada o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71508 | Инструменты