Futbol bo’yicha O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Marokashdagi xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini yakunlamoqda.
Maydon egalariga qarshi bahsda o'zbekistonlik futbolistlar ikkinchi bo‘limda 3 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.
Marokash U-23 — O‘zbekiston U-23 3:0. Gollar: Ismoli Saybari (58, 62), Haymud Abdulloh (77).
Jamoa ertaga, 29-mart kuni Toshkentga qaytib keladi.
O‘zbekiston U-23 yig‘in davomida Togoni (5:3) mag‘lub etib, Kot-d’Ivuar (0:0) bilan durang o‘ynagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122711 | Инструменты