FT manbalarining xabar berishicha, AQSh G'azo sektori uchun tashkil etilgan "Tinchlik Kengashi"ni Venesuela, Ukraina va boshqa inqirozli mintaqalarga kengaytirishni taklif qilmoqda.
Amerika rasmiylari G'azo tinchlik rejasini amalga oshirish uchun tuzilgan va AQSh prezidenti Donald Tramp raislik qilgan "Tinchlik Kengashi"ning ko'lamini Ukraina, Venesuela va dunyoning boshqa inqirozli mintaqalariga kengaytirishni taklif qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi 16-yanvar, juma kuni manbalarga tayanib xabar berdi.
Gazeta xabariga ko'ra, reja Davosda 20-yanvarda ochiladigan Jahon iqtisodiy forumida (WEF) taqdim etilishi mumkin.
Bu bosqichda Tramp tomonidan boshqariladigan "Tinchlik Kengashi" G'azo sektoridagi Falastin-Isroil mojarosiga e'tibor qaratishi va boshqa hududlarga kengaymasligi kerak, dedi 16-yanvar kuni ismini oshkor qilmagan AQSh rasmiysi FTga.
Shunga qaramay, nashrning yozishicha, G'arb va arab diplomatlari bu istiqboldan xavotirda. Xususan, ular "Tinchlik Kengashi" BMTga parallel ravishda ishlaydigan tuzilmaga aylanishi mumkinligidan qo'rqishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11715 | Инструменты