Huawei 1
Gvardiola antirekord o‘rnatdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqarayotgan Hosep Gvardiola faoliyatida antirekord qayd etildi.

54 yoshli bosh murabbiy boshchiligidagi jamoa ilk marotaba bir mavsumda 4 o‘yinda kamida 4 ta gol o‘tkazib yubordi.

Antirekord Angliya premer-ligasining 24-turida «Arsenala»ga qarshi o‘yinda qayd etildi. Abduqodir Husanov zaxirada qoldirilgan ushbu o‘yinda «to‘pchilar» «shaharliklar»ni 5:1 hisobida tor-mor etishdi.

Manchesterliklar Gvardiola qo‘l ostida bu mavsumda joriy mavsumda shuningdek «PSJ» (2:4), «Tottenhem» (0:4) va «Sporting» (1:4)dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20319 | Инструменты