Huawei 1
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘zining BYD’sini Bobur Abduholiqovga sovg‘a qildi

10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga saralashning so‘nggi o‘yinida Qatar milliy terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng futbolchi, murabbiy va xodimlarga Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani munosabati bilan mukofotlar topshirildi.

Saralashning so‘nggi bosqichida 4 ta o‘yinda qatnashgan ammo oxirgi o‘yinlarda qaydnomalarda bo‘lmagan Bobur Abduholiqov taqdirlanganlar ro‘yxatidan tushib qolgan edi. Biroq saralashning oxirigi ikki o‘yinida qaydnomadan joy olib, Prezidentdan BYD qabul qilgan Islom To‘xtaxo‘jayev o‘z avtomobilini Bobur Abduholiqovga sovg‘a qildi.

Shuningdek, so‘nggi o‘yinlarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan ketgan Srechko Katanets ham “Do‘stlik” ordeni va BYD avtomobili bilan mukofotlandi. U esa o‘z avtomobilini terma jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MTJ qatnashadigan Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. 48 ta jamoa 12 ta guruhga bo‘linib bahs olib boradi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallaga jamoalar hamda natijalari eng yaxshi 8 ta uchinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61400 | Инструменты