Ispancha drama
Bugun La ligadan o'rin olgan "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Shu munosabat bilan telekanalimiz sharhlovchisi Davron Fayziyev mazkur o'yinga o'ziga xos anons tayyorladi.
"Sevilya - flamenko raqsi va korrida o'lkasi. Biz uchun esa Pisxuan stadioni va doim Yevropa ligasi darajasidagi klub shahri. Bugun bu yerda korridaga o'xshash tomosha bo'ladi. Faqat bir masala ochiq, kim matador bo'ladiyu, kim buqa?! To'g'ri, matador hamma vaqt ham buqani taslim qilmaydi. Ammo tan olish kerak odatda aynan matador vaziyatni nazorat qiladi, unda qurollar bor, u yillar davomida shakllangan jozibali texnika sohibidir. Demak, matador bu Barselona! Sevilya esa qizil muleta atrofida o'zini yugurib sarson qilayotgan raqibni bitta imkonda tutib yanchishga tayyor bo'lgan buqadir. Chekinish tugadi.
O'yin haqida. Sevilya va Barselona o'xshash holatda. Ikkalasi ham asosiy raqobatchisi bosimidan uzoqlashishga xarakat qilyapti. Sevilya Atletikoni 2 ochko masofada ushlab turibti. Ularning maqsadi 3-o'rin. Barselona esa ulardan umuman boshqa darajada, kosmosda Real Madrid bilan jang qilyapti. Ular o'rtasida ham 2 ochko farq. Qoqilgan qayta tiklana olmasligi mumkin".
Eslatib o'tamiz, "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvi bugun tunda soat 01:00da UZREPORT TV telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40507 | Инструменты
Keskin kurashlar ostida kechadi barsato'pni o'zida ushlab turadi hisob3-1 boladi
Barca 3-0 ga yutsa kerak
Barselona galaba qozonadi Davron aka oyin yaxshi sharxlen kanrtinda keyingi oyinlarni mazza qilib koryapiz oyin yaxshi sharxlav borin gol bosa baqirib
Xar doyimgidek Barsa yutadi
Barcelona Sevilladan ustunroq Barcelona yutadi deb o'ylayman
Mening fikrimcha òyin har ikkala jamoa uchun ham oson kechmaydi. Chunki ikkala jamoa uchun ham achkolar suv va havodek zarur.Sababi agarda Sevilya yutqazadigan bòlsa Atletiko Madrid 1gina ģalaba bilan Sevilyadan oldinga ta'ni 3-òringa chiqib oladi,agar kataloniyaliklar ya'ni Barselona yutqazadigan bòlsa qirollik klubi Real Madrid 1ta ģalaba evaziga 1-poģonaga chiqib oladi va qolgan turlarda barchasiga ģalaba qozonib Barselonaga umuman imkoniyat bermasligi mumkin.Chunki Real Madrid yaxshi sport formasida vaziyatlardan foydalanish,Benzema Marseloning ajoyib òyinlari Kurtuaning qahramonliklari Real Madridning yaxshi òyin kòrsatishga zamin yaratmoqda.Shuning uchun ham bu òyinni barcha muhlislar intiqlik bilan kutmoqdalar. Xususan men 15yoshda bòlsam ham Barselonaning ashaddiy muhlisiman.Lekin Barselona Sevilya bahsida har ikkala jamoa ham anchagina ter tòkishadi. Barselona òtkazgan ikki òyinini yomon òtkazmadi.Ayniqsa Leo Messi òzining optimal sport formasida.Messi Sevilya himoyachilari,darvozaboni uchun anchagina bosh oģriq bòladi.Ammo Sevilya ham sovģa jamoa emas.Sevilyada birgina imkoniyat berilsa,vaziyatdan foydalanib, gol urishi ehtimoldan yiroq emas.Endi òyinga tòxtaladigan bòlsak har ikkala jamoaning imkoniyatlari,kuchli jihatlarini aytib òtdik.Mening fikrimcha Sevilya qarshi hujum taktikasi bilan òynaydi òz vaziyatini kutadi.Barselona esa har doimgidek tòpni nazorat qiladi.Tezkor gol kiritilmaydi. Fikrimcha dastlabki gol 40-daqiqadan sòng kiritiladi. Nima bòlganda ham fikrimcha Barselonaning imkoniyati 60% Sevilyaning imkoniyati esa 40%. Uchrashuvda Barselona qiyinchilik bilan 1ta yoki 2ta gol farqi evaziga ģalaba qozonadi.
2:1 bo‘lsa kerak Barça qolsa yaxshi bo‘lardi
Sevilya 0-3 Barcelona
Õyin juda qizğin kechishi tabiiy. Ôylashimcha,Barselona jamoasi vakillari minimal ustunlikda ğalabaga erishadi.