Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi agar ispanlar JChda g‘olib chiqmasa, qaysi jamoa chempion bo‘lishini xohlashini aytdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Lionel Messining Jahon chempionatida gʻalaba qozonishini xohlashini aytdi.
“Agar Ispaniya mundialda gʻolib chiqmasa, Argentina terma jamoasi Messi uchun chempion boʻlishini istardim.
Agar Leo jahon chempionatida gʻolib chiqmasdan faoliyatini yakunlasa, adolatsizlik boʻlardi. Urugvay terma jamoasidagi Luis Suares borasida ham fikrim shunday”, — deydi Ispaniya bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, Enrike Messi va Suares bilan “Barselona”da birga faoliyat olib borgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11908 | Инструменты