Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida kuzatilgan suv toshqinlarida futbolchi Xose Kastilexo qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Valensiya” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli futbolchi mahalliy klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoaning bir nechta o‘yinlarida ham maydonga tushgan.
“Valensiya” “Dana” to‘fonining qurboniga aylangan Xose Kastilexoning vafotidan chuqur afsusda”, deyiladi klub bayonotida.
Kastilexo “Valensiya”dan tashqari quyi liganing “Paterna”, “Eldense”,“Bunol”, ”Roda”, “Torre Levante” va boshqa klublarida o‘ynagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты