Ivan Rakitich: "Messiga "Menda sen hech qachon yutolmaydigan sovrin bor", deb aytdim"
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan suhbatda hazil haqida gapirdi.
"Men Messi bilan gaplashdim va unga aytdim:" Sen hamma narsani yutding, hamma musobaqada gollar urding, ammo menda sen hech qachon yutolmaydigan sovrin bor... Sen hech qachon Yevropa Ligasida g'olib bo'lmaysan ", - deya Rakitich so'zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Eslatib o'tamiz, Rakitich "Barselona" tarkibida 2014 yildan 2020 yilgacha o'ynagan. Jamoa tarkibida Ivan to'rt marta Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogini yutdi, ikki marta mamlakat Superkubogini boshi uzra ko'tardi, shuningdek, bir marta Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52821 | Инструменты