Yarim finallarning eng yaxshi futbolchisi Argentina terma jamoasi hujumchisi bo'ldi
Britaniyaning “WhoScored” statistik portali Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati yarim final oʻyinlar yakuniga koʻra, eng yaxshi oʻyinchi va ramziy jamoani eʼlon qildi.
Yarim finallarda eng yuqori baho olgan Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvarez eng yaxshi futbolchi deb topildi. Argentina terma jamoasi forvardi Xorvatiyaga qarshi bahsda jami 8,5 ball oldi. U ushbu oʻyinda (3:0) dublga erishgandi.
Bu borada ikkinchi eng yaxshi natija Lionel Messida – 8,4 ball. U xorvatlar bilan oʻyinda gol va assistga mualliflik qildi.
JCH-2022 yarim final ramziy jamoasi bilan tanishing:

Alpha version: 0.9.1.19 build 73003 | Инструменты