Huawei 1
JCH-2018 saralashi. Bugun Suriya - Avstraliya o'ynaydi

Bugun JCH-2018 saralashi doirasida to'rtinchi bosqichning birinchi o'yini bo'lib o'tadi.

Unda uchinchi bosqich guruhlarda uchinchi o'rinni olgan ikki jamoa Suriya va Avstraliya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Birinchi o'yin Malayziyaning "Xang Jebat" stadionida bo'lib o'tadi va unda Suriya terma jamoasi mezbon sifatida Avstraliyani qabul qiladi. 10 oktyabr kuni esa Sidneyda javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

G'olib jamoa esa KONKAKAF mintaqasida to'rtinchi o'rinni egallagan terma bilan pley-off bosqichida bahs olib boradi.


Suriya - Avstraliya

5 oktyabr. Malayziya. "Xang Jebat" stadioni

Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80612 | Инструменты