Xitoyda ko‘paygan chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu kasallikni tarqatuvchi chivinlar O‘zbekiston tabiatida uchramaydi.
Xitoyning Guandun provinsiyasida bir hafta ichida 2800 nafardan ortiq insonda chikungunya bezgagi aniqlangan. 27 iyuldan 2 avgustga qadar virus yuqtirish bilan bog‘liq 2892 ta yangi holat qayd etilgan.
“Epidemiya avj olishi jilovlandi, biroq kasallik yuqtiruvchi chivinlar sababli uning profilaktikasi va nazorati borasida jiddiy muammolar mavjud”, degandi Guandun provinsiyasi kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh eksperti Kan Min.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80705 | Инструменты