Huawei 1
Jinsiy zo'ravonlikda ayblangan Grinvud garov evaziga ozod etildi

Jinsiy zo'ravonlik va o'lim bilan tahdid qilishda gumon qilinib, hibsga olingan "Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvud keyingi tergovgacha garov evaziga qo'yib yuborildi.

Bir necha kun avval 20 yoshli futbolchi sobiq sevgilisi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan Grinvudning zo'ravonliklari va tahdidlari aks etgan bir qator suratlar hamda audio yozuvlarni joylaganidan so'ng, Cheshir shahridagi uyida hibsga olingan edi. Dastlab, Grinvud zo'rlash va o'lim bilan tahdid qilishda gumon qilinib, so'roq qilingan edi.

Tergov jarayonlarining navbatdagi qismi bir necha kundan keyin o'tkazilishi sababli futbolchi garov evaziga vaqtinchalik ozodlikka chiqarildi.

Avvalroq, futbolchining ushbu ehtimoliy jinoyati uchun "PES" hamda "FIFA" elektron o'yinlari Grinvudni o'yindan butunlay o'chirib tashlaganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar: 7
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Александр
    0
    Александр 3 yil avval

    Не честно

  • Samandar
    0
    Samandar 3 yil avval

    Fifa Oyinida Ham Topdim Baloni Yebti Ataylab Qidirib Kordim Fifa 2021 PS4 da bor

    • Islom
      7
      Islom 3 yil avval

      Yangilangan versiyasida

  • Bek
    13
    Bek 3 yil avval

    yomon buptiyu

  • Валишер
    74
    Валишер 3 yil avval

    Шу болага нмагадур рахмим келяпти

  • азим
    4
    азим 3 yil avval

    пес ойнда гринвуд турпд мен аттайлаб текшрдм

    • Zuhriddin
      11
      Zuhriddin 3 yil avval

      Fifa 22dan


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41823 | Инструменты