U garov evaziga qo'yib yuborilgan
Yengil vazn toifasi taniqli UFC jangchisi, irlandiyalik Konor Makgregor avtomobilni xavfli boshqargani uchun hibsga olindi. Sportchi mashg'ulotlar zaliga mashinasida ketayotgan vaqtda qoidabuzarlik hamda xavfli harakatlari uchun politsiya xodimlari tomonidan to'xtatilgan.
Ushbu huquqbuzarlik uchun hibsga olingan Makgregor garov puli evaziga qoʻyib yuborilgan va kelasi oy boʻlib oʻtadigan sudda o'z ishiga javob beradigan bo'ldi. Shuningdek, sportchining 170 ming yevrolik “Bentley” rusumli avtomobili jarima maydoniga olib ketilgan.
Ma'lumot uchun, Makgregor o'zining so'nggi jangini o'tgan yili 21-iyulda Dastin Poryega qarshi o'tkazgan edi. O'shanda u oyog'ini noto'g'ri qayirib olgani sababli texnik mag'lubiyatga uchragandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70918 | Инструменты