Huawei 2
Krishtianu Ronaldu "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin

"Inter Mayami" prezidenti Devid Bekxem "Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduni Amerika klubiga o'tkazish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Bu haqda jurnalist Abdulaziz al-Osaymiy xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Bekxemga Ronaldu va argentinalik hujumchi Lionel Messini bir klubda birlashtirish g'oyasi juda yoqadi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilning kuzida Ronaldu "Manchester Yunayted"da o'ynaganida OAV Bekxem portugaliyalik hujumchi bilan muzokara olib borganini xabar qilgan edi.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda qatnashib, 41 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga