Huawei 1
La Liga. "Barsa" "Real" bilan farqni 12 ochkoga yetkazdi

Ispaniya chempionatining 26-turida "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida maydon egalarining ustunligiga qaramay, Arauxo kutilmaganda o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Kataloniyaliklar birinchi bo‘lim oxirida Robertoning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim oxirlarida Kessie g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, Xavi jamoasi ketma-ket uch "El Klasiko"da g‘alabaga erishdi. La Ligada esa ochkolari sonini 68taga yetkazib, "Real"dan 12 ochkoga ilgarilab ketdi.

Barselona — Real 2:1

Gollar: Roberto (45), Kessie (90+2) — Arauxo (9, avtogol).

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Roberto (Kessie, 77), Buskets, de Yong, Gavi (Fati, 90+1), Rafinya (Ferran Torres, 83), Levandovski.

Real – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Nacho (Mendi, 62), Modrich (Sebalos, 76), Kroos (Rodrigo, 62), Valverde (Asensio, 76), Kamavinga (Tchuameni, 76), Vinisius, Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (18), Rafinya (33), Roberto (65), Modrich (69), Balde (90), Sebalos (90+7), Fati (90+7).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92823 | Инструменты