Huawei 2
Levandovski: “Bavariya” meni boshqa klubga sotmoqchi edi, lekin men “Barselona”ni tanladim”

Germaniyaning “Bavariya” klubi sobiq hujumchisi, yozgi transferlar oynasi vaqtida “Barselona”ga ko'chib o'tgan Robert Levandovski nima sababdan kataloniyaliklar safiga o'tganini aytdi.

“Rostgo'y bo'lish har doim men uchun muhim bo'lgan, chunki odamlar har doim ham rostini aytavermaydi. Men o'sha vaqtda “Bavariya”ni tark etishning ayni vaqti ekanligini va ketishim lozimligini anglab yetgan edim.

Jamoadoshlarim, xodimlar hamda murabbiy bilan yaxshi munosabatda edim va hozirgacha ham yaxshi aloqadamiz. So'nggi bir necha haftada men haqimda ancha gaplar yangradi, lekin ketishimga hech qanday mojaro sabab emas. Klub meni boshqa klubga sotmoqchi edi, lekin men aynan “Barselona”ni tanladim. Oilamga Ispaniya juda yoqadi, shu sababli hayotimda yangi sahifa ochdim”, — deydi Levandovski.

Avvalroq, Levandovskining “Barselona” hamda “Bavariya” o'rtasidagi 2:8 hisobida yakunlangan o'yin to'g'risida gapirgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga