Huawei 1
Lionel Messi "Inter Mayami"da gollar soni bo‘yicha rekordchiga aylanib oldi

Lionel Messi "Inter Mayami"da gollar soni bo‘yicha rekordchiga aylanib oldi.

Forvard Florida klubi safida barcha musobaqalarda 33 ta gol urdi va 1-o‘rindagi jamoadoshi Leonardo Kampanani (32) ortda qoldirdi.

Messi MLS muntazam ligasi so‘nggi turidagi "Nyu-Inglend Revolyushn" bilan o‘yinda (6:2) 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, het-trik qayd etdi.

Umuman, argentinalik 37 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 19 o‘yinda 20 gol va 10 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты