Huawei 1
Lionel Messi va Luis Suares MLS’da gol+pas tizimida yetakchi

Futbol bo‘yicha MLS chempionati doirasida “Inter Mayami” “Neshvill” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Messi 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Luis Suares esa o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Messi va Suares MLS mavsumida gol+pas tizimida birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Leo hisobida 7 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud bo‘lsa, Suares hisobida 6 ta gol va 4 ta assist mavjud. 

Shuningdek, “Real Solt Leyk” hujumchisi Kristian Arango ham 8+2 natija qayd etgan. Arango va Suares hisobida 9 ta o‘yin bo‘lsa, Messi 6 ta o‘yinda bu natijaga erishgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga