Huawei 1
“Man Siti” Abduqodir Husanovni “Lion”ga tekinga ijaraga berishni istamadi — OAV

“Manchester Siti” klubi o‘z himoyachisi Abduqodir Husanovni Fransiyaning “Lion“ jamoasiga ijaraga berishni istamadi. Bu haqda L‘Equipe nashri yozmoqda.

Maʼlum bo‘lishicha, ikki klub o‘rtasidagi kelishuvda Rayan Sherki transferi amalga oshishi uchun “shaharliklar” safidagi bir futbolchi tekinga ijaraga berilishi kerak edi.

“Lion“ rahbariyati Abduqodir Husanovni ijaraga olishni reja qilgan. Ammo “shaharliklar” ushbu taklifga rad etgan.

Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov hozirda “Manchester Siti” bilan klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etmoqda. U qishda “Lans”dan manchesterliklar safiga o‘tgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62308 | Инструменты