Huawei 2
“Manchester Siti” futbolchisi operatsiya sababli sentyabrgacha safdan chiqdi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Aymerik Lyaport joriy yilning sentabrigacha “Manchester Siti”ga yordam bera olmaydi.

28 yoshli himoyachi tizzasidagi muammolar tufayli operatsiya qilindi, deya xabar qildi “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola.

“Lyaport jarohat olgan. U operatsiya qilindi. Oʻtgan mavsumda u soʻnggi bir necha oʻyinni jarohat bilan oʻtkazdi. Shunga qaramay, aqlbovar qilmaydigan harakatlarni amalga oshirdi, ammo hozir bunday emas. Ehtiyot boʻlishimiz kerak, chunki bu — tizza jarohati. Agar hammasi yaxshi boʻlsa, u sentyabrda qaytadi”, — deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, bugun soat 21:00 da Angliya Superkubogi doirasida “Manchester Siti” “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga