Huawei 1
“Manchester Yunayted” futbolchisi jarohat olib, 3 oyga safdan chiqdi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenning “Reding”ga qarshi bahsda olgan jarohati jiddiy boʻlib chiqdi.

“Manchester Yunayted” rasmiy sayti xabariga koʻra, Angliya kubogi 1/16 finali doirasidagi “Reding”ga qarshi oʻyinning (3:1) 57-daqiqasida Endi Kerollning qoʻpolligidan keyin maydonni tark etishga majbur boʻlgan Eriksen oyogʻining toʻpiq qismidan jarohat olgani maʼlum boʻlgan.

Dastlabki tibbiy tekshiruv natijalaridan keyin daniyalik yarim himoyachi taxminan 3 oyga safdan chiqqani maʼlum boʻlgan. Eriksen aprel oyi oxiri yoki may oyi boshida safga qaytishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Kristian joriy mavsum “Manchester Yunayted” safidagi 31 oʻyinda 2 ta gol va 9 ta assistga mualliflik qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты