Mashhur rassom Omar Momani O‘zbekiston terma jamoasi haqida karikatura e’lon qildi

Iordaniyalik mashhur futbol karikaturachi-rassom Omar Momani ayni kunlarda Qatar yashil maydonlarida Osiyo kubogi g‘olibligi uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi karikaturasini e’lon qildi.Momanining "fantaziya"sida terma jamoa a’zolari Abduqodir Husanov, Jaloliddin Masharipov va Abbosbek Fayzullayevni chempionlik sari yugurayotgani aks etgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot va media bo‘limi rahbari Davron Fayziyevning ma’lum qilishicha, Momani O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini kuzatib boradi va O‘FA medianing Instagram sahifasiga kommentlar yozib turadi. U “oq bo‘rilar”ni Osiyo kubogida ham qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikda post chiqarishni taklif qilgan.

Bungacha ham Momani o‘zbek futboliga oid bir qator karikaturalar chizgan, jumladan u O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni tasvirlagan karikaturasi bilan ham o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты