Maxachevning vakili uning navbatdagi jangi qachon va qayerda bo‘lishini ma’lum qildi

UFC yengil vazn toifasi bo‘yicha chempion Islom Maxachev (24-1) keyingi jangini 2023-yil kuzida BAAda o‘tkazishi mumkin. Bu haqida Islomning vakili ma’lum qilgan.

Kecha, 12-fevral tongida Maxachev UFC-284 musobaqasi doirasida yarim yengil divizion chempioni Aleksandr Volkanovskini (25-2) mag‘lub etib, kamarini himoya qilgan edi.

“Katta jang yakunlandi. Endi Islom dam oladi, undan so‘ng Ramazon oyi. Ko‘p narsa yengil vazn toifasidagi vaziyatga bog‘liq. Biroq keyingi jang kuzda Abu-Dabida bo‘lish ehtimoli bor”, — deydi Maxachevning vakili.

Maxachev BAAda uch marta jang o‘tkazgan: 2019-yil kuzida u Davi Ramosni mag‘lub etgan, 2021-yilda Den Huker, bir yildan so‘ng Charlz Oliveyra ustidan g‘alaba qozongan. Shuningdek, Islom 2020-yilda ham arab diyorida UFC doirasida jang qilishi kerak edi, lekin uning Rafael dos Anyosga qarshi jangi braziliyalik sportchi koronavirusga chalingani tufayli bekor bo‘lgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты