Messi Amerika kubogi tarixiga kirdi

Lionel Messi Argentina terma jamoasining Amerika kubogi finalidagi Kolumbiyaga qarshi bahsini asosiy tarkibda boshladi.

Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 05:00 ga belgilangandi, biroq muxlislarning tartibsizliklari tufayli o‘yin boshlanishi bir necha bor qoldirildi.

Opta statistik portali xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi XXI asrda Amerika Kubogi finalida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylandi. Lionel hozir 37 yoshu 20 kunlik. 

Messining o‘zi ham tan olganidek, joriy Amerika kubogi uning uchun so‘nggisi bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111102 | Инструменты