Huawei 1
Messi, Benzema, Mbappe, Levandovski: Kuchli beshlik chempionatlari mavsum ramziy jamoasi e'lon qilindi

Angliyaning “WhoScored” statistik portali mavsum yakunlariga ko'ra kuchli beshlik chempionatlari ramziy jamoasini eʼlon qildi.

Tarmoq mavsum davomida futbolchilarga oʻyindan keyin berilgan baholarga ko'ra yil jamoasini aniqlagan. Ramziy jamoaga APLdan 4 futbolchi, Bundesligadan 3, Fransiya chempionatidan 2, A Seriya va La Ligadan esa bir nafardan futbolchil kiritilgan.

“WhoScored” talqiniga koʻra, kuchli beshlik chempionatlari mavsum ramziy jamoasi:

Darvozabon: Mayk Menyan (“Milan”) – 6,92 ball;

Himoyachilar: Joau Kanselu (“Manchester Siti”) – 7,43, Joel Matip (“Liverpul”) – 7,35, Niko Shlotterbek (“Frayburg”) – 7,39, Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) – 7,51;

Yarim himoyachilar: Kevin de Bruyne (“Manchester Siti”) – 7,64, Kristofer Nkunku (“RB Leypsig”) – 7,64,  Lionel Messi (PSJ) – 7,77, Kilian Mbappe (PSJ) – 8,04.

Hujumchilar: Karim Benzema (“Real”) – 7,69, Robert Levandovski (“Bavariya”) – 7,89.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52607 | Инструменты