Ispaniyalik jurnalist Xoan Fontesning ta'kidlashicha, Joan Laporta payshanba kuni Lionel Messiga qo'ng'iroq qilib, “Kamp Nou” afsonasi “Barselona”ni bunday tarzda tark etgani uchun uzr so'ragan. Avvalroq Leo klubning prezidenti uni ushlab qolish uchun yetarlicha kurashmagani uchun xafa bo’lgani xabar qilingandi.
Fontes o'zining Ivox podkastida Messi Laportaning kechirim so'raganidan mamnun ekanligini va “Barselona”ga qaytishga tayyorligini ta'kidladi.
Avvalroq Xavi ham Messining “Barsa”ga qaytishi va shu yerda o’z faoliyatini yakunlashidan manfaatdor ekanligini bildirgan edi.
Biroq “Barselona” haligacha Messiga hech qanday taklif bilan chiqmagan. Sababi oddiy – “Barsa” hamon moliyaviy inqirozda va argentinalik futbolchining maoshini to‘lash uchun bir qancha futbolchilar bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.
Ammo, aytishlaricha klubning moliyaviy direktori Mateu Alemani Messining qaytishini tashkillashtirish uchun nimadir o'ylab topishi aniq.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51119 | Инструменты