Qozog‘istonning Halyk banki Click‘ning 49% aksiyasini 176,4 mln AQSH dollariga sotib oldi.
Ayni paytda Click aksiyadorlari Tenge Bank‘ning 49% aksiyasini qariyb 61 mln dollarga xarid qilgan.
Tenge Bank Halyk Bank‘ning O‘zbekistondagi shoʻba korxonasi hisoblanadi.
Bitim O‘zbekiston va Qozog‘iston regulyatorlari tomonidan maʼqullanishi talab etiladi.
Halyk Bank Qozog‘istonning eng yirik xususiy banki bo‘lib, Nursulton Nazarboyevning qizi Dinara va kuyovi Timur Kulibayev nazorat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72322 | Инструменты