Huawei 1
Messi Saudiya Arabistoni chempionatiga faqat bir shart bilan borishi mumkin. Bu Ronalduga yoqmasligi aniq

Lionel Messi Saudiya Arabistoni chempionatiga juda yaxshi taklif bilan borishi mumkin.

El Chiringuito jurnalisti Xayme Astraynning yozishicha, argentinalik forvard Krishtianu Ronaldudan ko'proq maosh olsa, Saudiya klubiga o'tishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi “Al-Hilol”dan Lionelga ikki yil davomida 600 million yevro to‘lashni talab qilgan. Messiga yaqin bo'lganlar Ronaldunikidan yuqori maosh argentinalik portugaliyalikdan ikki yosh kichik ekanligi bilan to'liq oqlanadi, deb hisoblashadi.

Oldinroq Krishtianu Ronalduning "Al-Nasr"dagi umumiy daromadi yiliga 200 million yevroni tashkil qilishi xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Liga 1da 22 ta o‘yinda Messi 13 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73019 | Инструменты