Huawei 2
Messi XXI asrda gol+pas tizimida 1250 ochko to‘plagan ilk futbolchiga aylandi

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi XXI asrda gol+pas tizimidan foydalangan holda 1250 ochko to‘plagan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” safidagi so‘nggi o‘yinda 36 yoshli Messi “Nyu-York Red Bullz”ga qarshi o‘yinda bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 6:2 hisobida Xerardo Martino shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Bu o'yinda Messi butun futbolchilik faoliyatidagi 1250-ochkosini qo'lga kiritdi.

Umuman olganda, Messi faoliyati davomida 1080 ta o‘yin o‘tkazib, 839 ta gol urgan va 411 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma'lumot o'rnida, Messi o'tgan yozda "Inter Mayami"ga o'tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda qatnashib, 22 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hozirda "Inter Mayami" MLS turnir jadvalida 12 o'yindan keyin 24 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga