Huawei 1
Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” doirasida qo‘lga olingan yana ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi

Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat sodir etgan bir guruh shaxslar ushlanganligi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘zg‘atilib tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

1.Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 24 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra 1985-yilda tug‘ilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan o‘n ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1990-yilda tug‘ilgan Amonov Olimjon Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122400 | Инструменты