"Milan" Bonuchchi bilan rasman 5 yillik shartnoma tuzdi

"Milan"ning yangi a`zosi Leonardo Bonuchchi yangi jamoasida ilk mashg'ulotni o'tkazdi.

"Bonuchchi – xalqaro tajribaga ega, yuqori toifadagi futbolchi. U Serxio Ramos bilan bir qatorda dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi hisoblanadi. Murabbiy uchun bu – orzularning amalga oshishi", — degan "Milan" bosh murabbiyi Vinchentso Montella.

Futbolchi jamoasining Xitoyda davom etayotgan yig'iniga borib qo'shildi. 

"Milan" haqida o'ylaganingda, avtomat ravishda klub tarixi va jamoada o'ynagan barcha buyuk futbolchilar ko'z oldinga keladi. Xayolimga Barezi, Kostakurta, Maldini, Nesta, Tassotti kabi futbolchilar keladi. Ularning futbol va klub uchun qilgan ishidan hayratlanaman. Ular haqiqiy afsonalar.

Men bu yerga klub tarixi va o'z faoliyatimda yangi sahifani ochish uchun keldim. Yangi sinovlar hozirdanoq boshlanmoqda. Bu sinovlarni men kabi g'alabalarga tashna jamoadoshlarim bilan boshlayapman", – deya yozdi italiyalik himoyachi o'zining instagramdagi sahifasiga.

Leonardo Bonuchchi 7 yillik faoliyatdan keyin "Yuventus"dan "Milan"ga keldi. Milanliklar uning transferi uchun 40 million yevro to'ladi. Futbolchining yillik maoshi miqdori 7 million yevro atrofida bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40505 | Инструменты