Huawei 1
Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi

UEFA Millatlar Ligasi 2024/25 yilgi mavsumining yarim final uchrashuvi Germaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bahs Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan “Allianz Arena” stadionida o‘tkazildi. Portugaliya mazkur bellashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Uchrashuvdagi hisob 48-daqiqada Germaniya hujumchisi Florian Virts tomonidan ochildi. 63-daqiqada Fransishku Konseysau hisobni tenglashtirdi. Oradan atigi besh daqiqa o‘tib, 68-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan gol Portugaliyaga g‘alaba keltirdi.

Millatlar Ligasi

Yarim final

4-may, chorshanba

Germaniya — Portugaliya 1:2

Gollar: 1:0 — Virts (48), 1:1 — Konseysau (63), 1:2 — Ronaldu (68)

Musobaqaning ikkinchi yarim final uchrashuvi 5-iyundan 6-iyunga o‘tar kechasi Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82806 | Инструменты