Ramazon oyida narxlarning barqarorligini taʼminlash bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va savdo komplekslarini ogohlantirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash har qachongidan ham muhim ekanligini taʼkidlab, tegishli topshiriqlar bergan edi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21613 | Инструменты