Huawei 1
Mojaro jiddiylashmoqda: Ukraina Premyer-ligasi ham to‘xtatildi

Ukraina Premyer-ligasining rasmiy sayti chempionat uchrashuvlarining bir qancha muddatga to‘xtatilgani haqida ma’lumot berdi.

"Ukrainada joriy qilingan harbiy holat sababli Premyer-liga va milliy chempionatning boshqa barcha ligalari vaqtincha to‘xtatildi", — deb yozadi Ukraina Premyer-ligasi rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ukrainaning ko‘plab shaharlaridagi harbiy obyektlar, qurol-yarog‘ omborlari Rossiya raketalari yordamida o‘qqa tutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiylarga javob zarbalarini berishni buyurgani haqida ham xabarlar mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91108 | Инструменты