Huawei 1
“Monako” bilan o‘yindan so‘ng PSJ kiyinish xonasida Neymar boshchiligida mojaro yuzaga keldi

Fransiyaning PSJ klubi sport maslahatchisi Luish Kampush Fransiya chempionati 23-turida “Monako”dan (1:3) uchralgan magʻlubiyatdan soʻng jamoa hujumchisi Neymar bilan ziddiyatga bordi.

“LʻEquipe” nashri xabariga koʻra, kiyinish xonasida Neymar va klubda maslahatchi vazifasini bajaradigan Kampush portugal tilida janjallashishdi. Unda jamoa sardori Markinyos ham ishtirok etgan.

Maʼlum qilinishicha, portugaliyalik mutaxassis birinchi boʻlimdan soʻng PSJ oʻyinidan norozi boʻlib, baʼzi futbolchilarga qattiq gapirgan. Avvalroq Parij klubi Fransiya Kubogi nimchorak final bosqichida “Marsel”ga yutqazib (1:2), turnirni tark etgandi. Ertaga, 14-fevral, seshanba kuni jamoa “Bavariya”ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining birinchi oʻyinini oʻtkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты