Huawei 1
O‘zbekiston Eron bilan o‘yinda muhim ochkoni qo‘lga kiritdi

JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 8-turi doirasidagi markaziy o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasi Eronda ikki marta hisobda oldinda borib, g‘alabani saqlay olmadi.

Tehrondagi «Ozodiy» stadionida o‘tgan uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov Farrux Sayfiyevning uzatmasidan keyin hisobni ochib, milliy jamoamizni tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi – 1:0.

Ammo ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarini hujumkor boshlagan mezbonlar 51-daqiqada Sardor Ozmunning pasi va Mehdi Toremiyning kuchli zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirishdi – 1:1.

Stadion bu golni nishonlashni hali to‘xtatmay turib, Abbosbek Fayzullayev uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

Ammo Temur Kapadze shogirdlari 13 yildan keyin takrorlanishi mumkin bo‘lgan g‘alabani saqlay olishmadi. 83-daqiqada Toremiy himoyadagi palapartishlikdan foydalanib, dublga erishib, Eron uchun muhim bo‘lgan gol muallifiga aylandi – 2:2.

Shu tariqa, forslar o‘ziga kerak bo‘lgan durang evaziga ochkolari sonini 20 taga yetkazib, muddatdan avval JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa 17 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va mundialga juda yaqin turibdi.

JCh-2026 saralashi. 8-tur

Eron – O‘zbekiston – 2:2
Gollar
: Mehdi Toremiy 51, 83 – Hojimat Erkinov 16, Abbosbek Fayzullayev 53.
Eron: 1.Alirizo Beyronvand, 2.Soleh Hardani, 4.Shojai Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy, 6.Said Izzatullohiy, 7.Alirizo Jahonbahsh, 9.Mehdi Toremiy, 10.Mehdi G‘oyyedi, 13.Husayn Ka’noniy, 14.Saman Quddus, 20.Sardor Ozmun.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 2.Abduqodir Husanov, 15.Umar Eshmurodov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farrux Sayfiyev, 9.Odil Hamrobekov (17.Abdurauf Bo‘riyev, 85), 7.Otabek Shukurov, 22.Abbosbek Fayzullayev, 20.Hojimat Erkinov (11.Ruslanbek Jiyanov, 65), 14.Eldor Shomurodov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42523 | Инструменты