Huawei 1
OFK prezidenti Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgani munosabati bilan tabrik yoʻlladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgani munosabati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov nomiga tabrik yoʻlladi.

“Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritganingiz bilan Sizni va Oʻzbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.

Oʻzbekistonning musobaqa davomida koʻrsatgan ajoyib oʻyinlari yurtingizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish yoʻlida amalga oshirilgan mehnat va saʼy-harakatlaridan dalolatdir.

Islom Ismoilov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin oʻyinlari uchun minnatdorchilik bildiraman va FIFA U-17 Jahon chempionatida ham muvaffaqiyat tilayman!

Oʻzbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, deyiladi OFK prezidentining tabrigida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42114 | Инструменты