21-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 454 ming 920 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 275 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 275 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 14 mln 549 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 29 mln 98 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 72 mln 746 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 145 mln 492 ming so‘mni tashkil qiladi.
21-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3400ga yaqinlashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42118 | Инструменты