Huawei 2
Pike bir shart evaziga bolalarining Shakira bilan AQShga ketishiga rozi bo'ldi

Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike qanday shartlar evaziga farzandlarini Shakira bilan AQShning Mayami shahrida yashashiga rozi boʻlishi maʼlum boʻldi.

Nufuzli “Marca” nashrining xabar berishicha, 35 yoshli ispaniyalik oldin qarshi boʻlgan boʻlsa ham, hozirda farzandlarini ketishiga rozi. Buning uchun himoyachi xonandaga ikkita shart qoʻygan. U bolalarini koʻrish uchun yiliga Mayamiga besh marta birinchi klassdagi parvoz xarajatlari, shuningdek, qarzlarini toʻlash uchun oyiga 400 ming yevro soʻragan. Agar Shakira shu shartlarga rozi bo'lsagina, futbolchi o'z bolalarini AQShga ketishiga ruxsat berishi mumkin bo'ladi.

Avvalroq, Shakiraning bolalarni o'zi bilan olib ketish uchun Pikega yirik miqdorda pul taklif qilgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, Juftlik 2011-yildan beri birga yashab kelayotgan edi. May oyi oxirida ularning o'rtasida kelib chiqqan mojaro hamda Pikening xiyonati tufayli ular ajrashishga qaror qilishgan. Ularning 2 nafar o'g'il farzandi bor.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga