Huawei 1
Polsha terma jamoasi Rossiya bilan o'yin o'tkazishdan bosh tortdi

Polsha terma jamoasi 2022-yilgi Qatardagi Jahon chempionati saralash o'yinlari doirasida Rossiya terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishdan bosh tortdi.

"Shuncha gap so'z yetadi, endi bularni amalda qo'llash kerak! Polsha terma jamoasi Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani sababli Rossiya termasi bilan pley-off bosqichida o'ynamoqchi emas.

Bu yagona to'g'ri qaror. Chexiya hamda Shvetsiya futbol federatsiyalari bilan kelishgan holda FIFA bilan umumiy pozitsiyada ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz", – deb yozadi Posha futbol ittifoqi rahbari Sezar Kulesha.

Ma'lumot uchun, Polsha va Rossiya o'rtasidagi uchrashuv 24-mart kuni o'tkazilishi kerak edi.

Avvalroq, UEFAning Rossiya kompaniyasi bo'lgan "Gazprom" bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51510 | Инструменты