Ravshan Ermatov: «Turon» klubi bosh murabbiyining ehtirosga berilib bildirgan fikrlarini yaxshi tushunib turibman. Lekin futbol uchrashuvlaridagi har bir rasmiy shaxs o'zini munosib tutib, etika qoidalariga rioya qilishi shart.
Jizzaxda bo'lib o'tgan futbol bo'yicha O'zbekiston superligasining 2-turi doirasidagi «So'g'diyona» – «Turon» uchrashuvidan keyin sodir bo'lgan voqealar jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Mazkur holat Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining ham e'tiboridan chetda qolmadi. Hakamlik qo'mitasi «So'g'diyona» – «Turon» uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning o'yin davomidagi hatti-harakatlarini atroflicha o'rganib chiqdi va yakuniy qarorini e'lon qildi. Unga ko'ra, «So'g'diyona» – «Turon» uchrashuvida bosh hakam qo'pol xatolarga yo'l qo'yganligi hamda ushbu xatolar o'yin natijasiga ta'sir o'tkazganligi sababli V.Serazitdinov hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi.
Nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda millionlar o'yini bo'lmish futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hakamlarning saviyasini oshirish uchun ko'plab xalqaro seminarlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, futbol uchrashuvlarining adolatli va shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida 2021 yildan boshlab FIFA bilan hamkorlikda O'zbekiston superligasida VAR (Video Assistent Referee) tizimidan foydalanish amaliyotga joriy etildi. Bu esa futbol o'yinlarida hakamlik saviyasi va sifatining ortishiga xizmat qiladi. Hozircha Superliga doirasidagi barcha o'yinlarda VAR tizimini amaliyotga joriy etishning imkoni yo'q. Biroq, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosqichma-bosqich Superliga va mamlakat kubogi uchrashuvlari, qolaversa Pro-liga doirasidagi o'yinlarga VAR tizimini maksimal darajada ko'proq joriy etish choralarini ko'rmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad, uchrashuvlarda adolatni ta'minlash va hakamlikda inson omilining minimumga keltirish.
Ravshan Ermatov (Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari) : "O'zim ham futbol o'ynaganman, hakamlik qilganman. «So'g'diyona» – «Turon» uchrashuvidan keyin «Turon» klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilovning ehtirosga berilib bildirgan fikrlarini yaxshi tushunib turibman. Futbol – bu jamoaviy o'yin, unda bir maqsad yo'lida butun jamoa harakat qiladi, futbolchilardan tortib shifokoru massajchi, klubning texnik xodimigacha.
Albatta, hakamning bilib yoki bilmasdan yo'l qo'ygan xatosi tufayli butun jamoaning mehnati yo'qqa chiqarilishini keskin qoralayman. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar masalasiga har qachongidan jiddiy e'tibor qaratgan holda o'yinlardagi hakamlik sifatini oshirish hamda adolatli va shaffof o'tishini ta'minlash choralarini ko'rmoqda.
Kezi kelganda shuni ham ta'kidlashim kerak, futbol uchrashuvlaridagi har bir rasmiy shaxs hox u futbol maydonida, hox undan tashqarida bo'lsin, o'zini mas'uliyatni his qilgan holda hamda munosib tutib, etika qoidalariga rioya qilishi shart.
Maqsadimiz – o'zbek futbolining mavqeini ko'tarish, bolalar futbolini tizimli rivojlantirish va muxlislar orziqib kutayotgan jahon chempionatiga chiqish orzusini ruyobga chiqarish".
Alpha version: 0.9.1.19 build 41901 | Инструменты
Aqillilik qilishni hamma biladi. Bekorga javramadi uyinni qaytib utqarish kerak kor ekan hakaming achkisini taqib chiqsin edi
Turon murabbiyini qupollik uchun fudboldan chetlatish kerak yoki jarimaga tortish, hakam kelsak hamma ham xoto qiladi bir ikkita uyindan keyin urniga qaytarish kerak, bu bizni fudboldaki haqiqat karubsiya yoqolmaydi, hakamni xatosi bn uyin taqdiri hal buldimi demak uyin boshqatan utkazilishi shart va hamma xarajat xato qilgan hakam xisobidan bulsin.
Bunaqada jahon chempionatiga chiqishha yo'l bo'sin....
Turon shuncha mehnat qiladiyu qayoģdagi poraxòr qilgan mexnatini kòkka sovursa alam qiladida murabbiyga ham. Rovshan akani ham qorni tòqda. Òsha kungi hakam xech narsa yòqotmafi zato soqqasni bosdi.
Etika bilaan kutni qisib utiringlar deganida bu a?